Milliy reyting
Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi uchun yaratilgan oliy ta'lim tashkilotlarining milliy reyting platformasi. OTT faoliyati 25 ta indikator asosida baholanadi, reyting natijalari interaktiv dashboard va O'zbekiston xaritasida tahlil qilinadi hamda solishtiriladi.

Qanday muammo
bilan keldik?
OTTlarning akademik, ilmiy va xalqaro faoliyatiga oid ko'rsatkichlar turli manbalarda tarqoq holda yig'ilardi. Reytingni hisoblash, natijalarni tekshirish va e'tirozlarni ko'rib chiqish qo'lda bajarilib, ko'p vaqt olardi, natijalarni real vaqtda kuzatish va tashkilotlarni o'zaro solishtirish imkoni yo'q edi.
Qanday yechim
ishlab chiqdik?
Rolga asoslangan yagona raqamli platforma ishlab chiqdik: tashkilotlar ma'lumotlarini kiritadi, agentlik mezon va formulalar asosida reytingni avtomatik hisoblaydi. OneID orqali kirish, so'rovnoma va ekspert baholash, apellyatsiya moduli, interaktiv dashboardlar hamda PDF/Excel hisobotlar joriy etildi.