"Alla" yagonaplatformasi
Bolalarning ma'naviy-axloqiy, intellektual, ijodiy va estetik rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish va zararli kontentlardan himoya qilish uchun yagona raqamli muhit. Allalar, qo'shiqlar, multfilmlar, ertaklar, raqamli kitoblar, o'quv videolar, interaktiv o'yinlar va sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi materiallar yagona tizimda jamlangan.

Qanday muammo
bilan keldik?
Bolalar uchun xavfsiz, milliy ruhdagi raqamli kontent platformasining yo'qligi va bolalar ongiga global axborot oqimlarining zararli ta'siri.
Qanday yechim
ishlab chiqdik?
Bolalar uchun milliy kontentlarni - allalar, qo'shiqlar, multfilmlar, ertaklar, raqamli kitoblar, o'quv videolar va interaktiv o'yinlarni jamlagan yagona platformani ishlab chiqish. Tahlil va texnik hujjatlarni ishlab chiqish amalga oshirildi. Loyiha menejeri sifatida boshqarildi.